Biatlon malikasi Syunnyove Sulemdalga hech kim eta olmadi

CHERY AUTO

Shvetsiyaning Estersund shahrida biatlon bo‘yicha jahon kubogining birinchi bosqichida sprint poygalari o‘tkazildi.

Tecno

Musobaqaning erkaklar o‘rtasidagi bahslarda norvegiyalik Tarey Byo shohsupaning eng yuqori pog‘onasidan joy olgan bo‘lsa, frantsiyalik Marten Furkad marraga ikkinchi bo‘lib keldi. Poygada uchinchi o‘rin germaniyalik  Erik Lesserga nasib qildi.

Xotin-qizlar o‘rtasida germaniyalik Denis Xerrman birinchi, fantsiyalik Jyustin Breza ikkinchi, ukrainalik Yuliya Jimv uchinchi pog‘onadan joy egalladi.

Jahon kubogida 97 ochko to‘plagan norvegiyalik Syunnyove Sulemdal umumhisobda birinchi bo‘lib turibdi. Erkaklar o‘rtasida 102 ochko to‘plagan Marten Furkad jadvalda karvon boshilik qilmoqda.

Sports.uz

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!