"Betis" "Atletiko"ning 53 yillik rekordini takrorladi

  • 17 dekabr, 2018, 12:52
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Xabaringiz bor "Betis" La Liganing 16-turida safarda "Espanol"ni 3:1 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi.

Tecno

E’tiborlisi, shu tariqa Kike Seten shogirdlari joriy 2018/2019 yilgi mavsumda Kataloniyaning barcha uchchala jamoasi "Jirona" (1:0), "Barselona" (4:3) va”Espanol”ni (3:1) safarda mag‘lubiyatga uchratishni uddalashdi.

Opta statistik portali bergan ma’lumotlarga ko‘ra “Betis” bu bilan 53 yil muqaddam “Atletiko” tomonidan o‘rnatilgan rekordni takrorladi. Boisi, “matraschilar” ham 1965/66 yilgi mavsumda Kataloniyaning barcha uchchala jamoasini safarda mag‘lub etishni uddalagan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!