Bernardu Silva: "Manchester Siti"da baxtliman

  • 23 yanvar, 2019, 10:21
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Manchester Siti" klubi vingeri Bernardu Silva o‘ziga nisbatan "Real" Madriddan qiziqishlar paydo bo‘lgani haqidagi xabarlarga munosabat bildirdi.

Tecno

“Meni shartnomam tugashiga yana 3,5 yil bor va men hozir “Siti”da baxtliman. Agar klub men bilan shartnomani uzaytirishni xohlasa, men muzokaralarga tayyorman. Agar biz o‘zaro hamkorlikni davom ettirsak, katta-katta yutuqlarga erishishimiz mumkin. Men bu erda juda baxtliman va shu erda qolishni xohlayman”, - deydi Silva.

Ma’lumot uchun, 24 yoshli portugaliyalik futbolchi joriy mavsum “Manchester Siti” safida jami 29ta o‘yinda ishtirok etdi va o‘z hisobiga 7ta gol va 7ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi. Uning taxminiy transfer narxi 65 mln evroga baholanmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!