
Benzema "Real"ning navbatdagi uchrashuvida ishtirok etmasligi mumkin
Madridning "Real" klubi forvardi Karim Benzema Chempionlar ligasi 1/8 finalidan o‘rin olgan "Ayaks"ga (2:1) qarshi o‘yinda jarohat olgani ma’lum bo‘ldi.
Gap shundaki 31 yoshli frantsiyalik futbolchi Amsterdamdagi o‘yinni og‘riq qoldiruvchi vositalar o‘tkazgan. Shu bois jamoa bosh murabbiyi Santyago Solari uni “Jirona”ga qarshi bahsda zaxirada qoldirib, biroz dam bermoqchi. Benzemaning o‘rnini esa ushbu bahsda Mariano Dias egallaydi.
Ma’lumot uchun, Benzema joriy mavsum La Ligada jami 23ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 10ta gol hamda 3ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi. “Real” esa hozirda musobaqa jadvalida 2-o‘rinni egallab turibdi.
Fikrlar