
Benatia mavsumni "Yuventus"da yakunlaydigan bo‘ldi
Turinning "Yuventus" klubi himoyachisi Mexdi Benatia davralar oralig‘ida jamoasini o‘zgartirmaydi. Bu haqda La Gazzetta dello Sport nashri xabar bermoqda.
Yuqoridagi manbaaga ko‘ra "keksa sinora"ga 31 yoshli marokashlik futbolchining transferi borasida "Milan", "Arsenal" va "Shalke-04" klublaridan bo‘lgan takliflar ma’qul bo‘lmagan. Ammo, futbolchining o‘zi etarli o‘yin amaliyotiga ega bo‘la olmayotgani sabab jamoasini o‘zgartirmoqchi.
Ma’lumot uchun, Benatia joriy mavsum A Seriyada bor yo‘g‘i 5ta uchrashuvda maydonga tushdi. Chempionlar ligasida esa faqat 1ta o‘yinda ishtirok etdi.
Fikrlar