Baydarka va kanoe federatsiyasi 2017 yilgi mavsumni yakunladi (foto)

CHERY AUTO

Poytaxtimizdagi Olimpiya shon-sharaf muzeyi O‘zbekiston baydarka va kanoe federatsiyasining 2017 yil yakunlariga bag‘ishlangan matbuot anjumani o‘tkazildi.

Tecno

Ortda qolayotgan yilda terma jamoamiz vakillari reja bo‘yicha xalqaro va respublika musobaqalari hamda qator horijiy yig‘inlarda ishtirok etdi.

Baydarka va kanoeda eshkak eshish bo‘yicha 7 ta Respublika musobaqasi o‘tkazilgan bo‘lsa, sportchilarimiz 6 ta xalqaro musobaqada (Jahon kubogi bosqichlari, jahon chempoinati, yoshlar o‘rtasidagi (U-23) jahon chempionati, Osiyo chempionati, Osiyo kubogida qatnashib, xalqaro turnirlardan terma jamoamiz hisobiga 8 oltin,  6 kumush,  4 bronza medalini olib keldi.

Akademik eshkak eshish bo‘yicha ham 7 ta Respublika musobaqa o‘tkazildi. Shuningdek, xalqaro musobaqalarda (o‘smirlar o‘rtasida jahon chempionati, U-23 jahon chempionati, jahon chempionati, o‘smirlar o‘rtasida jahon chempionati, Osiyo chempionati) 4 oltin, 2 kumush va 2 bronza medalini qo‘lga kiritib qaytishdi.

Slalomda eshkak eshish bo‘yicha Toshkent, Namangan, Farg‘ona, Samarqand shaharlarida 7 ta musobaqa o‘tkazildi. Xalqaro musobaqalarda (jahon chempionati, U-23 jahon chempionati, Osiyo chempionati) 12 medal (5 oltin, 5 kumush,  2 bronza)ni terma jamoamiz hisobiga qo‘shib qo‘yishdi.

Parakanoe bo‘yicha Toshkent dengizi, Karanko‘l (Chorvoq) hamda Samarqand viloyatida eshkak eshish kanalida 3 ta respublika musobaqa bo‘lib o‘tdi. Shuningdek, sportchilarimiz xalqaro maydonda (jahon kubogi bosqichlari, jahon chempionati, Osiyo chempionati) 5 oltin,  1 kumush medalga ega chiqishdi.

Terma jamoamizning 2017 yildagi eng yaxshi natijalari bilan tanishing.

Baydarka va kanoeda eshkak eshish:
Osiyo chempionati:  5 oltin, 3 kumush, 4 bronza;

Akademik eshkak eshish:
Osiyo chempionati: 1 oltin, 2 kumush, 1 bronza;

Slalomda eshkak eshish:
Osiyo chempionati: 2 oltin, 2 kumush;

Parakanoe:
Jahon chempionati: 1 kumush; 4-o‘rin;
Jahon kubogi II bosqich: 1 kumush;
Jahon kubogi III bosqich: 1 kumush;
Osiyo chempionati: 3 oltin;

O‘smirlar terma jamoasining 2017 yildagi eng yaxshi natijalari

Baydarka va kanoeda eshkak eshish:
 Osiyo chempionati: 3 oltin, 3 kumush;

Akademik eshkak eshish:
Jahon chempionati: 4-o‘rin (2018 yilgi o‘smirlar o‘rtasidagi Olimpiya o‘yinlariga yo‘llanma)

Osiyo chempionati: 3 oltin, 1 bronza (2018 yilgi o‘smirlar o‘rtasidagi Olimpiya o‘yinlariga yo‘llanma)

Slalomda eshkak eshish:
Osiyo chempionati: 3 oltin, 3 kumush, 2 bronza.

Tadbirda shuningdek, shahar va respublika darajasidagi musobaqalarni ko‘paytirish, turli hududlardan tashrif buyurgan sportchilari ishtirokida eshkak eshish sport turlari bo‘yicha birgalikda o‘quv-yig‘in mashg‘ulotlarini olib borish masalalariga alohida urg‘u berildi.

Shuningdek, xalaro maydonlarda terma jamoamiz asosiy tarkibi va zaxira bazasini yaratish uchun mahalliy olimpiya zaxira kollejlari (Namangan, Farg‘ona, Andijon, Samarqand, Toshkent vil.) hamkorlikda muntazam ish olib borib, iqtidorli yoshlarni aniqlash muhim vazifalardan biri ekanligi belgilab qo‘yildi.

Bundan tashqari kelasi yili Indoneziyaning Jakarta shahri mezbonlik qiladigan Osiyo o‘yinlari hamda Argentinaning Buenos-Ayres shahrida bo‘ladigan o‘smirlar o‘rtasida Olimpiya o‘yinlari musobaqalariga puxta tayyorgarlik ko‘rish kerakligi aytildi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!