Baxtiyor Mirzaqulov Butunjahon qo‘l jangi federatsiyasining vitse prezidenti (foto)

CHERY AUTO

 

Tecno

  Bugun Rossiyaning Moskva shahrida Butunjahon qo‘l jangi federatsiyasining kongressi bo‘lib o‘tdi. Anjumanda 2018 yil yakunlari va 2019 yili o‘tkazilishi mo‘ljallanayotgan nufuzli musobaqalar taqvimi tasdiqlandi. Tadbirda shuningdek, Butunjahon qo‘l jangi federatsiyasining amaldagi prezidenti Sergey Aleksandrovich Astaxov qaytadan saylandi. Shuningdek, hamyurtimiz O‘zbekiston qo‘l jangi federatsiyasi vitse prezidenti Baxtiyor Mirzaqulov Butunjaxon qo‘l jangi federatsiyasining vitse prezidenti etib tayinlandi. Yurtimizda tashkil etilgan Osiyo chempionati, professional reyting xalqaro janglarining yuqori saviyada tashkil etilgani hamda o‘zbek qo‘l jangi ustalarining Jahonda kuchlilar qatoridan joy olayotgani bu tanlovning asosiy sabablaridan, desak mubolag‘a qilmagan bo‘lamiz. Nasib qilsa, yaqin orada Xalqaro qo‘l jangi olamida yangi sahifa ochgan hamyurtlarimiz Jahon chempionatini xam mamlakatimizda o‘tkazishsa, ne ajab.

Baxtiyor (2)

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!