
"Bavariya"ning 7 nafar futbolchisi bugun jamoaga yordam berolmaydi
Myunxenning "Bavariya" klubi bugun Germaniya kubogining 1/16 final bosqichi doirasida "Redingxauzen"ga qarshi bo‘lib o‘tadigan bahs oldidan tarkibda jiddiy yo‘qotishlarga uchradi.
Klub rasmiy saytining xabar berishicha turli jarohatlar sabab Sven Ulrayx, Mats Xummels, Jerom Boateng, Aren Robben, Korenten Tolisso, Kingsli Koman va Xames Rodrigeslar davolanishni davom ettirishmoqda.
Eslatib o‘tamiz, "Redingxauzen" - "Bavariya" uchrashuvi bugun Toshkent vaqti bilan soat 00:45da boshlanadi.
Fikrlar