"Bavariya" Rafinyani sotmoqchi emas

  • 31 avgust, 2017, 10:00
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Avvalroq Londonning “Chelsi” klubi bosh murabbiyi Antonio Konte “Bavariya” himoyachisi Rafinyaga jiddiy qiziqish bildirayotgani haqida xabar bergan edik.

Tecno

Bild nashrining ma’lum qilishicha, “aristokratlar” bu borada allaqachon nemis grandiga taklif bilan chiqishgan, biroq myunxenliklar tajribali futbolchisini sotishni istashmagan.

Aniqrog‘i, bunga jamoa bosh murabbiyi Karlo Anchelotti qarshilik qilmoqda. Italiyalik mutaxassis Rafinyani Joshua Kimmix va David Alaba kabi asosiy tarkib futbolchilarining o‘rniga munosib nomzod sifatida ko‘rmoqda.

Ta’kidlash kerakki, yangi mavsum avvalida Rafinyaning o‘zi ham Filip Lam faoliyatini yakunlagach endi ko‘proq o‘yin amaliyotiga ega bo‘lishiga umid qilayotgani haqida aytib o‘tgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!