"Barselona" va "Yuventus"ning Pogbaga nisbatan qiziqishlari to‘xtamayapti

  • 30 dekabr, 2018, 20:43
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Manchester Yunayted" yarim himoyachisi Pol Pogba hamon "Barselona" va "Yuventus"ning qiziqishlar doirasiga bo‘lib turibdi.

Tecno

Daily Express nashri tarqatgan xabarga ko‘ra kataloniyaliklar ham, turinliklar ham 25 yoshli frantsuzni sotib olish fikridan qaytishmayapti. Shu bois, ushbu jamoalar MYuning Pogba bilan amaldagi shartnomasini uzaytirish borasidagi vaziyatni sinchkovlik bilan kuzatishmoqda. Uning amaldagi shartnomasi esa 2021 yilga qadar imzolangan.

Ma’lumot uchun, Pogba joriy mavsum “Manchester Yunayted” safida jami 22ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 7ta gol hamda 6ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!