“Barselona” qishda markaziy himoyachi xarid qilmoqchi

  • 16 oktabr, 2018, 11:58
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Barselona” klubi qishki transfer oynasida markaziy himoyachi xarid qilmoqchi. Bu haqda RAC1 radiostantsiyasiga tayanib, Football Espana xabar bermoqda.

Tecno

Ma’lumotlarga ko‘ra, Samuel Umtiti va Tomas Vermalen jarohat olib, safdan chiqqanidan keyin klub rahbariyati yangi markaziy himoyachiga talab bor ekanini angladi. Har ikki futbolchi jarohatidan tiklanigi uchun bir necha hafta kerak bo‘ladi.

Ayni vaqtda Ernesto Valverde faqatgina ikki markaziy himoyachi – Jerar Pike va Kleman Langle xizmatlaridan foydalana oladi.

Avvalroq “Barselona” rahbariyati “Ayaks” himoyachisi Mateys de Ligt xizmatlariga qiziqayotgani va qishda uni sotib olishga harakat qilishi haqida xabar berilgandi. Biroq amsterdamliklar o‘z futbolchisini yozgacha o‘zida saqlab qolmoqchi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!