
“Barselona” himoyachisi JCh–2018 turnirini qo‘yib yuborishi mumkin
“Barselona” klubi va Belgiya terma jamoasi himoyachisi Tomas Vermalen Rossiyada bo‘lib o‘tadigan JCh–2018 turnirini o‘tkazib yuborishi mumkin.
32 yoshli futbolchi kecha “Levante”ga qarshi (4:5) La Liga 37-tur o‘yinida jarohat olib, 31-daqiqada maydonni tark etdi. Ma’lum bo‘lishicha, Vermalen o‘ng oyoq tizza osti paylarini shikastlagan.
Ma’lumot uchun, Joriy mavsumda Tomas Vermalen Ispaniya chempionati doirasida “Barselona” 14 uchrashuv o‘tkazdi.
Fikrlar