
"Barselona" Busketsga yangi shartnoma taklif qiladi
“Barselona” klubi yaqin vaqt ichida jamoa yarim himoyachisi Serxio Busketsga yangi shartnoma taklif qilishni rejalashtirmoqda.
Bu 30 yoshli futbolchining terma jamoa ixtiyoridan qaydganidan so‘ng amalga oshilishi mumkin. Yangi kelishuvga ko‘ra, uning daromadi Luis Suares va Jerar Pike bilan tenglashadi.
Hozir Buskets haftasiga 180 ming evro olmoqda. Yuqorida ko‘rsatilgan o‘yinchilar esa 290 ming evro atrofida maosh olishadi.
Busketsning “Barselona” bilan tuzgan amaldagi shartnomasi 2020/21 so‘nggiga qadar mo‘ljallangan. Unga futbolchining tovon puli 200 millionov evro etib ko‘rsatilgan. Bu 500 mln evrogacha oshishi mumkin.
Fikrlar