"Barselona" 3 nafar hujumchini ko‘z ostiga olib qo‘ydi

  • 21 fevral, 2019, 21:27
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Kataloniyaning "Barselona" klubi yozgi transferlar davrida o‘zining hujum chizig‘ini kuchaytirish uchun 3 nafar futbolchining nomzodini ko‘z ostiga olib qo‘ydi.

Tecno

Mundo Deportivo nashri tarqatgan xabarga ko‘ra “ko‘k-anor ranglilar” short-listidan Luka Yovich ("Ayntraxt"), Andre Silva ("Sevilya") hamda Maksimiliano Gomeslar ("Selta") joy olishgan. Ular orasida Gomesning imkoniyatlari yuqoriroq baholanmoqda.

Ma’lumot uchun, 21 yoshli Yovich joriy mavsum 29ta o‘yinda maydonga tushib, o‘z hisobiga 19ta gol yozdirib qo‘yishga erishgan. 23 yoshli Silva esa 35ta o‘yinda 11ta gol urgan. 22ta o‘yinda ishtirok etgan 22 yoshli Gomes hisobida 9ta gol mavjud.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!