BAA klubi mashhur ispan hujumchisini o‘z safiga chorlamoqda

  • 13 sentabr, 2018, 20:32
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Turkiyaning "Beshiktosh" klubi hujumchisi Alvaro Negredo faoliyatini Birlashgan Arab Amirliklarida davom ettirishi mumkin. Bu haqda AS nashri xabar bermoqda.

Tecno

Unga ko‘ra 33 yoshli ispaniyalik futbolchining xizmatlariga mahalliy "Al-Nasr" klubi jiddiy qiziqish bildira boshlagan. BAA klubi Negredoga yiliga 7 million evro maosh taklif qilmoqda.

Ma’lumot uchun, Negredo "Beshiktosh" safida 2017 yildan buyon to‘p surib kelmoqda. U o‘tgan davr mobaynida 48ta o‘yinda maydonga tushib, raqiblari darvozasiga 18ta gol yozdirib qo‘yishga erishgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!