
Azar "Oltin to‘p"ni qo‘lga kiritishi mumkin bo‘lgan 2 nafar futbolchini aytdi
Londonning “Chelsi” klubi vingeri Eden Azar bu yilgi “Oltin to‘p” sovrinini qo‘lga kiritishi uchun asosiy da’vogarlarni aytib o‘tdi.
“Oltin to‘p”? Buni men qo‘lga kiritaman deb o‘ylamayman. Modrich o‘zining o‘tgan mavsumda ko‘rsatgan fantastik o‘yini orqali bunga loyiq, shuningdek Varan ham”, - deydi belgiyalik futbolchi.
Fikrlar