Ayollar o‘rtasida U-19 Osiyo chempionatiga qur’a tashlandi

  • 28 aprel, 2017, 13:53
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

 

Tecno

Malayziya poytaxti Kuala-Lumpur shahridagi OFK shtab-kvartirasida bugun, 28 aprel kuni ayollar o‘rtasidagi  U-19 Osiyo chempionatiga qur’a tashlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

Osiyo chempionatida jami 8 mamlakat terma jamoasi 2 guruhga bo‘lingan holda ishtirok etadi. Qur’a natijasiga ko‘ra, O‘zbekiston U-19 qizlar termasi Xitoy, KXDR hamda Tailand terma jamoalari bilan “A” guruhidan joy oldi. Musobaqaning “B” guruhida Yaponiya, Janubiy Koreya, Avstraliya hamda Vetnam termalari o‘zaro kuch sinashadigan bo‘ldi.

Osiyo chempionati shu yilning 14–28 oktyabr kunlari Xitoyda bo‘lib o‘tadi.  Musobaqa reglamentiga ko‘ra, guruhlarda 1–2 o‘rinlarni egallagan jamoalar yarim finalga chiqadi.

Turnir yakunida 1–3 o‘rinlarni band qilgan terma jamoalar 2018 yili Frantsiyada bo‘lib o‘tadigan ayollar o‘rtasidagi U-20 Jahon chempionatiga yo‘l oladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!