
"Atletiko" etakchilaridan biri "Barselona"ga qarshi o‘yinni o‘tkazib yuborishi mumkin
Madridning "Atletiko" klubi o‘ng qanot himoyachisi Xuanfran ertaga La Liganing 13-turidan o‘rin olgan "Barselona"ga qarshi muhim o‘yinni o‘tkazib yuborishi mumkin.
Klub rasmiy sayti tarqatgan xabarga ko‘ra 33 yoshli futbolchi mashg‘ulotlarning birida mushaklaridan jarohat olgan. Uning jarohati qay darajada va qachon safga qaytishi noma’lum. Shu bois uning ertanggi o‘yinni o‘tkazib yuborishi deyarli aniq.
Ma’lumot uchun, "Atletiko" - "Barselona" bahsi ertaga Toshkent vaqti bilan soat 00:45da boshlanadi.
Fikrlar