
"Atletik" darvozaboni bugun Londonga yo‘l oladi
Bilbaoning "Atletik" klubi darvozaboni Kepa Arrisabalaga bir necha soatlar ichida "Chelsi" futbolchisiga aylanishi mumkin.
Avvalroq xabar berganimizdek, "aristokratlar" ushbu transferni amalga oshirish uchun La Liga hisobiga 80 million evro to‘lashgan.
Marca nashrining xabar berishicha, 23 yoshli kiper bugun Londonga muzokaralarni yakunlashga va shartnoma imzolash uchun yo‘l oladi.
Ma’lumot uchun, Arrisabalaga o‘tgan mavsum La Ligada 30 ta o‘yinda maydonga tushi, o‘z darvozasidan 43 ta to‘p olib chiqqan.
Fikrlar