
Asensio APL grandiga rad javobini berdi
Madridning "Real" klubi vingeri Marko Asensio faoliyatini Angliya premer-ligasida davom ettirishni xohlamadi. Bu haqda Marca nashri xabar bermoqda.
Eslatib o‘tish lozimki, 22 yoshli ispaniyalik futbolchiga “Tottenxem”dan jiddiy qiziqishlar bo‘layotgan edi. Biroq, Asensio “shporlar”ning yuborgan taklifiga rad javobini bergan. U Madridda qolib, “Real”ning asosiy tarkibidan muqum joy olishni rejalashtirmoqda.
Ma’lumot uchun, Asensio joriy mavsum “qirollik klubi” safida jami 22ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 4ta gol hamda 4ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi.
Fikrlar