
Artur Gevorkyan O‘zbekiston chempionatidagi 100-golini kiritdi
Turkmanistonlik futbolchi "Navbahor"ga qarshi o‘yinning 44-daqiqasida raqib darvozasi tomon belgilangan penaltini aniq amalga oshirib, o‘z nomini tabloga yozdirib qo‘yishga erishdi.
Shu tariqa Gevorkyanning O‘zbekiston chempionati doirasida kiritgan gollari soni 100 taga etdi. Ma’lumot uchun, 2006 yildan buyon faoliyatini yurtimizda davom ettirayotgan Gevorkyan 100 ta golni 5 ta jamoa safida kiritgan.
Fikrlar