
"Arsenal" so‘nggi 3,5 yilda ilk bor qatorasiga 9ta o‘yinda g‘olib chiqdi
Avval xabar berganimizdek kecha Angliya premer-ligasining 8-turida “Arsenal” London derbisida hamshahari “Fulxem”ni (5:1) yirik hisobda mag‘lubiyatga uchratdi.
E’tiborlisi, “kanonirlar” shu tariqa so‘nggi 3,5 yilda ilk bor qatorasiga 9ta o‘yinda g‘alaba qozonishdi. Ular bunday seriyani so‘nggi bor 2015 yilning mart-aprel oylarida qayd etishgan edi. Ta’kidlash kerakki, “Arsenal” o‘sha mavsum APLda 3-o‘rinni qo‘lga kiritgan va Angliya kubogida zafar quchgan edi.
Ma’lumot uchun, Unai Emeri boshchiligidagi “Arsenal” ayni damda premer-liganing o‘tgan 8ta tur yakunlariga ko‘ra musobaqa jadvalida 4-o‘rinni egallab turishibdi.
Fikrlar