
"Arsenal" qishda Argentina terma jamoasi a’zosini o‘z safiga qo‘shib olmoqchi
Londonning "Arsenal" klubi "Boka Xuniors" yarim himoyachisi Kristian Pavonning transferi bo‘yicha aniq taklif tayyorladi.
Sky Sports tarqatgan xabarga ko‘ra “kanonirlar” 22 yoshli Argentina terma jamoasi futbolchisini yaqinlashib kelayotgan qishki transferlar chog‘idayoq o‘z saflariga qo‘shib olishmoqchi va buning uchun “Boka Xuniors”ga 44,5 mln evro to‘lashga tayyor.
Ma’lumot uchun, Pavon joriy mavsum “Boka Xuniors” safida jami 23ta o‘yinda maydonga tushib, o‘z hisobiga 5ta gol hamda 5ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi.
Fikrlar