"Arsenal" - "Milan". Prevyu

  • 15 mart, 2018, 12:35
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Xabaringiz bor bugun UEFA Evropa ligasi 1/8 final bosqichi javob bahslari bo‘lib o‘tadi.

Tecno

Jumladan, nimchorak finalning eng markaziy bahsi shubhasiz Londondagi “Emireyts” stadionida kechadi. Shu kuni Jennaro Gattuzo boshchiligidagi “Milan” “San Siro”dagi mag‘lubiyat uchun “Arsenal”dan revansh  olishga urinib ko‘radi. Arsen Venger shogirdlari dastlabki uchrashuvda 2:0 hisobida g‘alaba qozonishganiga qaramay bugungi bahsga ham jiddiy tayyorgarlik ko‘rishgani tabiiy. Boisi, “rossonerilar” ham musobaqaning chorak finaliga yo‘llanmani qo‘lga kiritishga harakat qilishadi.

Ushbu muhim o‘yinni Yunas Eriksson boshchiligidagi shvetsiyalik hakamlar guruhi boshqarib borishadi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan soat 01:05da start oladi.

Quyida jamoalarning bugun maydonga tushishi mumkin bo‘lgan tahminiy tarkibi bilan tanishib olishingiz mumkin:

UEFA Evropa ligasi 1/8 final javob uchrashuvi.

London. “Emireyts” stadioni. 15.03.2018

“Arsenal” (Angliya) – “Milan” (Italiya)

"Arsenal":  Ospina, Belerin, Mustafi, Koselni, Monreal, Djaka, Remzi, Uilshir, Ozil, Mxitaryan, Uelbek.

"Milan": Donnarumma, Kalabriya, Bonuchchi, Romanoli, Rodriges, Kessi, Bilya, Bonaventura, Suso, Chalxanoglu, Kutrone.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!