Arina Sobolenko fevral oyida Dubayga boradi

  • 9 yanvar, 2019, 11:03
  • 0
  • Tennis
CHERY AUTO

BAAning Dubay shahrida 16-24 fevral kunlari tennis bo‘yicha ayollar o‘rtasida o‘tadigan xalqaro tennis turniriga mezbonlik qiladi.

Tecno

Mazkur musobaqaning asosiy to‘r bahslarida ishtirok etadigan tennischilar ro‘yxati ma’lum bo‘ldi. Unga ko‘ra, Simona Xalep (Ruminiya), Anjelik Kerber (Germaniya), Karolin Voznyatski (Daniya), Naomi Osaka (Yaponiya), Elina Svitolina (Ukraina), Karolina Plishkova va Petra Kvitova (Chexiya), Kiki Bertens (Gollandiya), Anastasiya Pavlyuchenkova hamda Darya Kasatkina (Rossiya), Arina Sobolenko (Belarus) kabi tennischilar ishtirok etadi.

Eslatib o‘tamiz, "Dubai Duty Free Tennis Championships" musobaqasi "Premier" turkumidagi chempionat bo‘lib uning sovrin jamg‘armasi 2,828,000 AQSh dollarini tashkil qiladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!