
Anjelik Kerber musobaqani g‘alaba bilan boshladi
Germaniyalik Anjelik Kerber va italiyalik Kamila Jorji, Sidney shahrida o‘tayotgan turnirning ikkinchi davrasida o‘zaro raqobatlashdi.
Mazkur uchrashuvda Anjelik raqibasini dastlabki setda tay-brekda enggan bo‘lsa, ikkinchi setda Kamilaga bor yo‘g‘i ikki geymni boy berdi.
Endi "Sydney International" turnirining chorak finalida Kerber chexiyalik Petra Kvitova, yoki tayvanlik Se Su-Veyga qarshi kortga chiqadi.
Fikrlar