
Angliya Kubogi. Lempard boshqaruvidagi “Derbi” “Sautgempton”ni taslim qildi
Angliya Kubogi 3-bosqichida Frenk Lempard boshqaruvidagi “Derbi Kaunti” jamoasi safarda “Sautgempton” futbolchilari bilan bellashdi.
Qiziqarli va gollarga boy kechgan bellashuvda 2:2 hisobi qayd etildi. Qayd etish kerakki, “Derbi” 76-daqiqaga qadar 0:2 hisobida ortda borayotgan edi. Biroq Lempard shogirdlari 6 daqiqada ikkita gol urib, o‘yinni qo‘shimcha taymlargacha etkazdi.
Ekstra taymlarda hisob o‘zgarmadi va jamoalar penaltilar seriyasiga murojaat qilishdi. Unda “Derbi”ning qo‘li baland keldi – 3:5.
Sautgempton – Derbi Kaunti 2:2 (0:0, 2:2, 0:0, 0:0)
Penaltilar seriyasi – 3:5
Gollar: 1:0 – 68 Armstrong, 2:0 – 70 Redmond, 2:1 – 76 Uilson, 2:2 – 82 Uogxorn.
Sautgempton – Gann, Jonson (Redmond, 46), Vestergor, Stivens, Remzi (Targett, 110), Romeu, Uord-Prouz, Armstrong (Sletteri, 90), Elyunussi, Soaresh, Long (Gallaxer, 73).
Derbi Kaunti – Ros, Kio, Meloun, Bogl (Xolms, 94), Tomori, Brayson, Xaddlstoun (Lourens, 80), Maunt, Uilson (Bennett, 102), Uogxorn, Merriott (Nyujent, 76).
Ogohlantirishlar: Jonson (16), Soaresh (75).
Fikrlar