
Andijonda og‘ir atletika bo‘yicha viloyat ochiq birinchiligi bo‘lib o‘tdi
19 avgust kuni Andijon viloyati Xo‘jaobod tumani madaniyat va istirohat bog‘ida Mustaqilligimizning 26 yilligi munosabati bilan og‘ir atletika bo‘yicha viloyat ochiq birinchiligi o‘tkazildi. Musobaqada Xo‘jaobod, Qo‘rg‘ontepa, Jalaquduq, Asaka, Baliqchi tumanlari hamda Andijon, Xonobod shaharlarida faoliyat yuritayotgan BO‘SM tarbiyalanuvchilari va Andijon olimpiya zahiralari sport kollejidan jami 120 nafar o‘quvchi 13 vazn toifasida qatnashdi.
Musobaqa qizg‘in va baxslarga boy o‘tdi. Yakuniy natijalarga ko‘ra 1-o‘rinni Xo‘jaobod tumani, 2-o‘rinni Asaka tumani, 3-o‘rinni Xonobod shahri sportchilari egaladilar. G‘olib jamoalar va turli nominatsiyalarda faol ishtirok etgan o‘quvchilar musobaqa tashkilotchilari tomonidan faxriy yorliqlar va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.
Fikrlar