Ana xolos! "Tottenxem"ning 5 nafar futbolchisi "Inter"ga qarshi bahsni o‘tkazib yuboradi

  • 17 sentabr, 2018, 22:47
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Tottenxem"ning birdaniga 5 nafar futbolchisi UEFA Chempionlar ligasi ilk turidan o‘rin olgan "Inter"ga qarshi uchrashuvda ishtirok etmaydi.

Tecno

Klub rasmiy sayti tarqatgan xabarga ko‘ra darvozabon Ugo Loris va yarim himoyachilar Dele Alli hamda Mussa Sissoko jarohati sabab shu kuni “shporlarga” yordam berisholmaydi.

Shuningdek noma’lum sabablarga ko‘ra Tobi Alderveyreld va Kiran Tripper o‘yin qaydnomasiga kiritilmadi.

Ma’lumot uchun, “Inter” – “Tottenxem” uchrashuvi ertaga Toshkent vaqti bilan soat 23:55da boshlanadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!