
Ana xolos! Mutaxassislar APLda dastlabki iste’foga chiqariladigan murabbiy Konte bo‘lishini aytishmoqda
Londonning “Chelsi” klubi bosh murabbiyi Antonio Konte bir qator futbol tahlilchilari va mutaxassislari tomonidan joriy mavsum APLda dastlabki iste’foga chiqariladigan murabbiylar orasida yaqqol “favorit” deya e’tirof etilmoqda.
Keyingi o‘rinlarda esa Rafael Benites («Nyukasl»), Mark Xyuz («Stok Siti»), Slaven Bilich («Vest Xem»), Kreyg Shekspir («Lester») va Frank de Bur («Kristal Pelas») kabi murabbiylar borishmoqda.
Eslatib o‘tamiz, Konte boshchiligidagi “aristokratlar” kecha o‘z maydonlarida o‘tgan premer-liganing dastlabki turida kutilmaganda “Byornli”ga 2:3 hisobida imkoniyatni boy berib qo‘yishgan edi.
Fikrlar