
Amir Xan 8 sentyabr kuni ringga chiqadi
Super engil vazn toifasining sobiq jahon chempioni Amir Xan o‘zining navbatdagi jangini kolumbiyalik bokschi Samuel Vargasga qarshi o‘tkazadi, deya xabar beradi Metro nashri.
Avvalroq bu bokschi 2018 yil yozida ringga qaytishini ma’lum qilgan edi. Shu vaqtga qadar u raqib qidirdi. Endi Xan WBA reytingida 10-o‘rinni band etib turgan bokschi bilan kuch sinashadi.
Xan – Vargas qarama-qarshiligi 8 sentyabr kuni Britaniyaning Birmingem shahridagi “Arena Birmingham” stadionida bo‘lib o‘tadi. Bu xabarni Matchroom Boxing promouterlik kompaniyasi rasman tasdiqladi.
Fikrlar