
Amal keskin bahsda zafar quchdi
Musobaqa asosiy to‘r yo‘llanmasi uchun kurashayotgan o‘zbekistonlik tennischi Amal Sultonbekov dastlabki uchrashuvda qatarlik Muhammad Ali Mutava bilan raqobatlashdi.
Bahraynda erkaklar o‘rtasida "Fyuchers" turkumiga kiruvchi xalqaro turnirning saralash musobaqasi davom etmoqda.
Uch soat davom etgan bahsda hamyurtimiz raqibini 7:6, 5:7, 6:1 hisobida mag‘lubiyatga uchratib keyingi bosqichga chiqdi.
Fikrlar