Aleksis Sanches noma’lum muddatga safdan chiqdi

  • 30 noyabr, 2018, 12:21
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Manchester Yunayted" hujumchisi Aleksis Sanches jarohat olib safdan chiqdi.

Tecno

Klub rasmiy tvitteri tarqatgan xabarga ko‘ra 29 yoshli chililik futbolchi jamoaning kechagi mashg‘ulotlarida sonidan jarohat olgan. Hozircha uning jarohati qay darajada ekani va uning qachon maydonga qaytishi ma’lum qilinmayapti. Bu haqda tez orada o‘tkaziladigan tibbiy tekshiruvlardan so‘ng xabar beriladi.

Biroq, shuni aytish mumkinki Sanches katta ehtimol bilan1 dekabr kuni APL doirasida “Sautgempton”ga qarshi uchrashuvda maydonga tusha olmaydi.

Ma’lumot uchun, Sanches joriy mavsum MYu safida jami 12ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 1ta gol hamda 2ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!