
Alba "Barselona" bilan uzoq yillik shartnoma imzolaydi
Kataloniyaning "Barselona" klubi o‘zining tajribali himoyachisi Jordi Alba bilan hamkorlikni davom ettirmoqchi.
Cadena Ser nashri tarqatgan xabarga ko‘ra “ko‘k-anor ranglilar” 29 yoshli ispaniyalik futbolchiga 2024 yilga qadar tuzilgan shartnoma taklif qilgan va tomonlar tez orada ushbu kelishuvga imzo chekishlari kutilmoqda. Ta’kijlash kerakki, Albaning amaldagi shartnomasi 2020 yilda o‘z nihoyasiga etadi.
Ma’lumot uchun, Alba joriy mavsum “Barselona” safida jami 29ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 2ta gol hamda 12ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishgan.
Fikrlar