
Aguero sevimli jamoasiga qarshi yoxud bugun "Manchester Siti" "Nyukasl"ni qabul qiladi
Avval xabar berganimizdek bugun Angliya premer-ligasining 4-turiga start beriladi. Tur doirasida amaldagi chempion "Manchester Siti" o‘z maydonida mavsumni juda yomon boshlagan "Nyukasl"ni qabul qiladi.
Ushbu jamoalar o‘rtasidagi o‘yinlarga oid qiziqarli faktlar:
- "Manchester Siti" so‘nggi 20ta o‘yindan buyon "Nyukasl"ga mag‘lub bo‘lmay kelmoqda. Shundan kelib chiqib aytish mumkinki "shaharliklar" "qarg‘alar" uchun APLdagi eng noqulay raqib hisoblanadi.
- "Nyukasl" so‘nggi 10ta o‘yindan buyon "Etixad"da ochko ololmayapti.
- "Manchester Siti" Gvardiola boshqaruvi davrida sentyabr oyidagi barcha uchrashuvlarda g‘alaba qozonib kelmoqda.
- "Nyukasl" "shaharliklar" forvardi Serxio Agueroning "sevimli" jamoasi hisoblanadi. Boisi, argentinalik forvard ushbu jamoaga qarshi o‘tkazilgan so‘nggi 14ta o‘yinda o‘z hisobiga 11ta gol yozdirib qo‘yishga erishgan.
- "Nyukasl" APLga asos solingandan buyon "Etixad"da faqat bir marta g‘alaba qozongan.
"Manchester Siti" – "Nyukasl"
Stadion: "Etixad"
Boshlanish vaqti: 21:30
Bosh hakam: Kevin Frend (Angliya)
"Manchester Siti": Ederson – Stounz, Lyaport, Kompani – Mendi, Fernandino, Gyundogan, D. Silva, B. Silva – Aguero, Jezus.
"Nyukasl": Dubravka – Fernandes, Sher, Klark – Yedlin, Ki, Diame, Dammett – Peres, Merfi, Rondon.
Fikrlar