
Afoninning jamoasi yirik hisobdagi g‘alabani qo‘lga kiritdi
Bugun Rossiya Milliy Futbol ligasida 28-tur o‘yinlari davom ettirildi. Hamyurtimiz Vadim Afonin to‘p tepadigan “Orenburg” klubi o‘z maydonida “Olimpiets”ni qabul qildi.
Mazkur bellashuvda mezbonlar 3:0 hisobida g‘alaba qozonishdi. Afonin o‘yinni asosiy tarkibda boshladi va to‘liq 90 daqiqa o‘ynadi.
Bugungi g‘alabadan so‘ng orenburgliklar jamg‘argan ochkolar soni 60 taga etdi va jamoa turnir jadvalida ikkinchi o‘ringa ko‘tarilib oldi.
Rossiya Milliy Futbol ligasi. 28-tur
"Orenburg" - "Olimpiets" 3:0 (2:0, 1:0)
Gollar: Popovich, 11; Sutormin, 44; Chirkin, 87.
"Orenburg": Frolov, Begich, Malix, Terexov, Udaliy (Andreev, 90+), Oyevole, Popovich (Vorobev, 81), Sutormin (Delkin, 90+), Afonin, Chirkin, Kozlov (Mamtov, 72).
"Olimpiets" : Borodko, Malyarov, Ayupov, Gorbunov, Sergeev (Nejelev, 71), Fedoriv, Filin, Chiryak (Zaerko, 64), Fomin Daniil, Xayrullov (Xripkov, 13), Bocharov (Belyakov, 46).
Ogohlantirishlar: Chirkin, 57; Popovich, 81 - Filin, 66; Ayupov, 84.
Fikrlar