
Afoninning jamoasi “Ximki”ni mag‘lub etdi
Bugun Rossiya Milliy Futbol ligasida 31-tur o‘yinlari davom ettirildi. Hamyurtimiz Vadim Afonin faoliyat olib boradigan “Orenburg” klubi “Ximki” mehmoni bo‘ldi.
Ushbu o‘yinda mehmonlar 1:0 hisobida g‘alaba qozonishdi. Hamyurtimiz o‘yinni asosiy tarkibda boshladi va to‘liq 90 daqiqa o‘ynadi.
Bugungi g‘alabadan so‘ng “Orenburg” jamg‘argan ochkolar soni 67 taga etdi va turnir jadvalida ikkinchi o‘rinda bormoqda.
Rossiya Milliy Futbol ligasi. 31-tur
“Ximki” – “Orenburg” 0:1.
Fikrlar