
Afoninning jamoasi Samaradan samarasiz qaytdi
Bugun Rossiya Milliy Futbol Ligasida 29-tur o‘yinlari start oldi. Hamyurtimiz Vadim Afonin faoliyat olib boradigan "Orenburg" klubi safarda "Krilya Sovetov" bilan kuch sinashdi.
Samaradagi "Metallurg" stadionida kechgan qarama-qarshilikni tomosha qilish uchun stadionga kelgan muxlislar gol guvrohiga aylanishmadi - 0:0. Afonin odatdagidek to‘liq 90 daqiqa o‘ynadi.
Bugungi natijadan so‘ng "Orenburg"ning ochkolari soni 61 taga etdi va jamoa turnir jadvalida 2-o‘rinda bormoqda.
Rossiya Milliy Futbol ligasi. 29-tur
"Krilya Sovetov" - "Orenburg" 0:0.
Fikrlar