
AQShda Sofya Jukning omadi kelib qoldi
Rossiyalik tennischi Sofya Juk AQShda WTA tomonidan o‘tkazilayotgan "Chellenjer" turnirida ikkinchi davra bahslarini o‘tkazdi.
Sofya ushbu bellashuvda vengriyalik Dalma Galfiga qarshi kortga chiqib, 2:4 hisobida mag‘lub bo‘layotgan bir vaziyatda Galfi o‘yinni davom ettirishdan bosh tortdi va mag‘lubiyatini tan oldi.
Shu tariqa Juk chorak finalda yana bir vengriyalik tennischi Reka-Luka Rani, yoki britaniyalik Xizer Uotsonga qarshi kortga chiqadigan bo‘ldi.
Fikrlar