
APLda so‘nggi o‘rinda ketayotgan jamoa ustozi ishdan olindi
“Suonsi Siti” klubi bosh murabbiyi Pol Klement o‘z lavozimini tark etdi. Uels klubi 45 yoshli mutaxassisni iste’foga chiqardi. Bu haqda klub rasmiy sayti xabar bermoqda.
Klement “Suonsi”ni yanvar oyida qabul qilib olgan edi. Ushbu mutaxassis Karlo Anchelottining yordamchisi sifatida “Chelsi”, PSJ, “Real” va “Bavariya”da birga ishlagan.
2015-2016 yillar oralig‘ida esa “Derbi Kaunti” bosh murabbiyi bo‘lib ishlagan.
Ma’lumot uchun, “Suonsi Siti” 18 turdan so‘ng APL turnir jadvalida 12 ochko to‘plagan holda so‘nggi o‘rinda bormoqda.
Fikrlar