
A Seriya. “Milan” so‘nggi daqiqada g‘alabani ilib ketdi
Hozirgina Italiya A Seriyasi 28-turidan o‘rin olgan “Jenoa” hamda “Milan” jamoalari o‘rtasidagi bahs o‘z nihoyasiga etdi.
“Luidji Ferraris” stadionida kechgan qarama-qarshilikning so‘nggi daqiqasida Andre Silva tomonidan kiritilgan yagona gol “rossonerilar”ga muhim bo‘lgan g‘alabani olib keldi.
Italiya A Seriyasi. 28-tur
Jenoa – Milan 0:1 (0:0, 0:1)
Gol: 0:1 – 90 Andre Silva.
Jenoa – Perin, Biraski, Spolli, Zukanovich, Rigoni (Omeonga, 74), Lazovich, Xilemark, Laksalt, Bertolachchi, Galabinov (Lapadula, 75), Pandev (Bessa, 81).
Milan – Donnarumma, Romanoli, Bonuchchi, Rodriges, Bigliya, Chalxanoglu (Andre Silva, 68), Kessie, Borini, Bonaventura (Kalabriya, 80), Suso, Kalinich (Kutrone, 60).
Ogohlantirish: Bertolachchi (79).
Fikrlar