
97-daqiqada gol urgan "Arsenal" "London derbisi"dagi mag‘lubiyatdan qutilib qoldi
Angliya Premer-ligasining 32-turidan o‘rin olgan "Arsenal" - "Fulxem" bahsi yakunlandi. Unda tomonlar 1:1 hisobidagi durang bilan qanoatlandi.
59-daqiqada mehmonlar futbolchisi Josh Madja hisobni ochgan bo‘lsa, 90+7-daqiqada Eddi Nketia "kanonirlar"ni muqarrar mag‘lubiyatdan qutqarib qoldi.
1 ochkodan bo‘lishib olgan har ikki jamoa o‘z pog‘onasini saqlab qoldi: "Arsenal" 46 ochko bilan 9-o‘rinda, "Fulxem" 27 ochko bilan 18-pog‘onada bormoqda.
Fikrlar