9 yoshli Kire Meyvezerga o‘xshab jang qilmoqda

  • 21 mart, 2018, 12:41
  • 0
  • Boks
CHERY AUTO

9 yoshlik ukrainalik Kire Makogonenkoning boks mashg‘ulotidan olingan videoroligi barcha ijtimoiy tarmoqlarni larzaga keltirdi.

Tecno

Bu qizaloq etti yoshigacha badiiy gimnastika bilan shug‘ullangan bo‘lsa-da, so‘nggi ikki yildan beri boksning sir asrorlarini o‘rganadi. U xaftada olti kun mobaynida to‘rt soatdan mashq bajaradi. Unga otasi kikboksing va boks bo‘yicha sobiq jahon hamda Ukraina chempioni Artem Makogonenko ustozlik qiladi.

Kire mashg‘ulotlarda balon ustida turib, uloqtirilayotgan koptoklardan himoyalanadi va zarbalar ustida ishlaydi. Ko‘zlari yumiq holda sparing tushish bilan boshqa yosh sportchilar ichidan ajralib turmoqda.

Hattoki uning mashg‘ulotlarini ko‘rgan mutaxassislar Floyd Meyvezerga o‘xshatishmoqda.

rue9d79e22d0e

 

Sports.uz

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!