72 daqiqa harakat qilgan Shomurodovning statistikasi bilan tanishing

  • 10 mart, 05:34
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
BEPUL PROPAN

Xabaringiz, Italiya A Seriyasining 28-turida Klaudio Raneri boshchiligidagi "Roma" "Empoli" bilan kuch sinashib, 1-daqiqada kiritilgan gol evaziga muvaffaqiyatga erishdi. Ushbu bellashuvda milliy terma jamoamiz sardori hisoblangan Eldor Shomurodov 72 daqiqa harakat qildi. 
 
Mazkur vaqt davomida hamyurtimiz qayd etgan statistika bilan tanishing: 
 
Darvozaga yo‘llangan aniq zarbalar - 1 
Bloklangan zarbalari - 0 
Dribling urinishlari – 2/0 
To‘pga teginishlar soni - 46 
Uzatmalar aniqligi - 29/33 (88%) 
Keskin uzatmalar - 3 
Uzoq masofaga uzatmalar – 1/1 
Yakkakurashlar – 4/0 
Ikkinchi qavatdagi kurashlar - 3/2 
To‘pni yo‘qotishlar – 12 
Qoida buzarliklari – 0 
Unga nisbatan qoida buzilishi – 0 
To‘p tortib olish – 0 
Dribling bilan aldab o‘tish - 0 
 
Shomurodovning ushbu harakatlarini mashhur Sofascore portali 6.5 ballga loyiq ko‘rdi.

Ma’lumot o‘rnida, rimliklar navbatdagi uchrashuvini 13 mart kuni Evropa ligasi pley-off bosqichining javob bellashuvida "Atletik"ka qarshi o‘tkazadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!