
43 yoshli Buffon A Seriyaning boshqa klubiga o‘tishi mumkin
"Yuventus" darvozaboni Janluiji Buffon faoliyatini A Seriyaning boshqa klubida davom ettirishi mumkin. Bu haqda Gazette.it xabar tarqatdi.
Avvalroq, 43 yoshli darvozabon mavsum so‘nggida futbolchilik faoliyatini yakunlashi to‘g‘risida xabarlar tarqalgandi. Ma’lumotlarga ko‘ra, italiyalik posbonga "Napoli" qiziqish bildirmoqda.
Buffon joriy mavsum 5ta o‘yinda maydonga tushib, 2ta gol o‘tkazib yuborgan.
Fikrlar