
4 nafar FIFA hakamimiz OChL pley-off bosqichi uchrashuvini boshqaradi
Joriy yilning 22 avgust kuni Xitoyning Xujou shahrida Osiyo Chempionlar ligasi pley-off bosqichi doirasida “Chjetsyan” (Xitoy) hamda “Tay Port” (Tailand) klublari o‘zaro to‘qnash keladi. Ahamiyatli jihati shundaki, ushbu uchrashuvni boshqarish 4 nafar hakamimiz zimmasiga yuklatilgan.
4 nafar FIFA hakamimiz — Ahrol Risqullaev, Sanjar Shoyusupov, Alisher Usmonov hamda Rustam Lutfullin OFK tomonidan ushbu uchrashuv uchun jalb etilgan.
Bundan tashqari, dastlabki saralash bosqichidan o‘rin olgan “Li Man” (Hong Kong) – “Bali Yunayted” (Indoneziya) o‘yini uchun hakamlar nazoratchisi sifatida yana bir vakilimiz — Vladislav Tseytlin tayinlov olgan.
O‘zFHM matbuot xizmati
Fikrlar