
4 mart kuni MOQda jahon sporti afsonasi bilan matbuot anjumani tashkil etiladi
Ma’lumki, O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasi tomonidan tashkil qilinayotgan “Nafosat-2019” ayollar spartakiadasiga faxriy mehmon sifatida rossiyalik taniqli engil atletikachi Elena Isinbaeva tashrif buyurdi.
Jahon sportining afsonasi tashrifi davomida barcha OAV uchun ham matbuot-anjumani tashkil qilish rejaga kiritilgan. Anjuman 4 mart kuni soat 11:00da MOQda o‘tkaziladi.
Ma’lumot uchun, Elena Isinbaeva engil atletikaning langarcho‘p bilan sakrash yo‘nalishida ikki karra Olimpiya o‘yinlari chempioni (2004, 2008), uch karra jahon chempioni, yopiq inshootlardagi jahon chempionatining to‘rt karra g‘olibasi, Evropa chempioni, 28 marotaba jahon rekordchisi hisoblanadi.
Fikrlar