
36 yoshli Ivanovich yana APLga qaytmoqda
Sankt-Peterburgning “Zenit” klubi himoyachisi Branislav Ivanovich yana APLga qaytmoqda.
«Evro-Futbol.Ru» tarqatgan xabarga ko‘ra, 36 yoshli serbiyalik futbolchi tez orada “Everton” bilan shartnoma imzolaydi. Aytish kerakki, uni shaxsan “irischilar” bosh murabbiyi Karlo Anchelotti o‘z jamoasida ko‘rmoqchi. Ular o‘z vaqtida “Chelsi”da birga faoliyat olib borishganini aytib o‘tish lozim.
Ivanovich joriy mavsum “Zenit” safida 25 ta o‘yinda maydonga tushdi va 4 ta gol urdi.
Fikrlar