34 yoshli Silvaga okean ortida ko‘proq berishmoqchi

  • 21 mart, 2020, 09:29
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

AQShning "Inter Mayami" klubi o‘z safiga "Manchester Siti" xavbeki David Silvani qo‘shib olmoqchi.

Tecno

Mirror nashri tarqatgan xabarga ko‘ra Devid Bekxemga tegishli ekani aytiladigan ushbu jamoa 34 yoshli ispaniyalik futbolchiga hozirda “shaharliklar” to‘layotgan maoshdan ko‘ra ko‘proq maosh berishga tayyor. Aytish kerakki, Silvaning hozirgi yillik maoshi 8,5 mln evroni tashkil etadi.

Eslatib o‘tamiz, David Silvaning “Manchester Siti” bilan tuzgan amaldagi shartnomasi yozda o‘z nihoyasiga etadi. Shu bois u yangi jamoasiga tekinga borib qo‘shilishi mumkin.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!