
22 yoshli milliarder Angliyaning nomdor klublaridan birini xarid qildi
"Sanderlend" nazorat paketi egasi Styuart Donald klubni 22 yoshli milliarder Kirill Lui-Dreyfusga sotib yubordi, deya xabar bermoqda "qora mushuklar" matbuot xizmati.
Lui-Dreyfus 1 yanvarda klubning yangi egasi va prezidenti sifatida e’lon qilinadi. Kirill Adidas kompaniyasining sobiq bosh direktori Robert Lui-Dreyfusning uch o‘g‘lidan biri.
Shuningdek, Lui-Dreyfus oilasi Frantsiyaning "Marsel" klubi nazorat paketiga egalik qiladi.
Fikrlar